Hayotimizga xavf soluvchi 6ta yomon odatimiz

18.09.2017

Barchamiz odatiy hayot tarzimizga shunchalik o‘rganib qolgamizki, ba’zi odatlarimiz hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Opa.uz ko‘p urinish talab etmaydigan, ammo jiddiy xatarlarning oldini olishi mumkin bo‘lgan ba’zi ehtiyot choralari haqida stushuntirib berishga harakat qiladi.

1. Uy sharoitida tayyorlangan konservalarni iste’mol qilish

Kolbasa, tuzlangan va dudlangan baliq va konservalar kabi ba’zi qo‘lbola tayyorlangan mahsulotlar tarkibida botulotoksin bo‘lishi mumkin. U botulizm – xavfli infeksion-toksik kasallik keltirib chiqarishi mumkin. Botulizm bakteriyalari odatda tuproqda bo‘ladi, undan esa hayvonlar, qushlar, baliqlar oshqozniga tushadi. Yerdan va hayvonlar ichaklari tarkibidan ifloslangan har qanday narsa - go‘sht, baliq, qo‘ziqorin, sabzavot va mevalar - xavfli bo‘lishi mumkin.

Botulizm tayoqchasi ayniqsa o‘zi uchun qulay bo‘lgan kislorodsiz sharoitda – vakuumli qadoqda, konservalarda, dudlanagan mahsulotlarda faol tarzda zaharli moddalar yig‘adi.

Botulotoksin – kuchli zahar. Ammo issiqlik ta’sirida tezda o‘z kuchini yo‘qotadi. Konservalangan mahsulotni iste’mol qilishdan avval uni qaynatish yoki 40-50 darajada qizdirib olish lozim.

2. To‘lovni naqd pulda amalga oshirish

Qog‘oz pullarda ko‘plab virus va bakteriyalar, shu jumladan sil kasalligi, pnevmoniya, gepatit, salmonellyoz, dizenteriya va gripp qo‘zg‘atuvchilar mavjud. Pulning tez qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketishi sababli bir qog‘oz pulda 10-30 minglab mikroblar bo‘lishi mumkin. Pullar ba’zan ozon yoki ultrabinafsha nurlar bilan zararsizlantirilsada, puldan foydalangandan so‘ng qo‘llarni yaxshilab yuvish lozim.

Manba: http://opa.uz/rozgor-maktabi/415-hayotga-xavf-soluvchi-6-odatlarimiz.html