B I L A S I Z M I ?

1669-yilda Fransiya qiroli mashhur italyan astranomi Jovanna Domeniko Kassanana Parij observatoriyasi direktorligiga taklif etgan. Kassini 1671-yilda Saturnning ikkinchi yo'ldoshi - Yapetni, bir yildan so'ng uchinchi yo'ldosh Reyani, 16684-yilda esa yana ikkita - Tetis va Diona yo'ldoshlarini topdi. 1675-yilda Saturn halqalari qoramtir oraliq, ya'ni Kassini tirqishi bilan ajralgan ikki qismdan iborat ekanligini aniqladi.

_______________________________________________________________________________________________________________

2005-yil 14 yanvarda "Gyuygens" apparati Saturn sayyorasining yo'ldoshi Titan yuzasiga ohista qo'ndi. Bu yo'ldoshni roppa-rosa 350 yil avval, ya'ni 1655-yilda buyuk golland olimi Xristian Gyuygens tomonidan topilgan Saturn gardishi yonidagi dog'lar sayyorani o'rab turuvchi halqalr ekanligini ham tahmin qilgan edi.

_______________________________________________________________________________________________________________

Yerdan Oygacha o'rtacha masofa 384 404 km. Oyning diametri 3 476 km, ya'ni Yer diametrining choragidan sal oshiq. Oyning yuzi taqriban 40 mln kv.km, ya'ni Yer yuzidan deyarli 14 marta kichik. Oyning hajmi21 mlrd kub.m dan sal oshiq, Yer hajmidan deyarli 50 marta kichik. Oyning massasi 70 kvintillion tonna, ya'ni Yer massasidan taxminan 81 marta kam. Oyning Yer atrofida aylanish tezligi sekundiga 1 km dan sal oshiq.