Dubayda ko‘ylak tiktirolmaysiz, metroda suv icholmaysiz va hokazo…

9 November 2019

Saqich chaynaganingiz uchun jarima to‘lashingiz va politsiya mahkamasiga tushib qolishingiz mumkin bo‘lgan, ko‘chada bola emizib bo‘lmaydigan tosh junglilar… 

Sirli Dubaydan yana nimalarni kutsa bo‘ladi? Quyida shular haqida bilib olamiz.  

• Dubayda nimalar yo‘q?
Dubayning osmono‘par binolari ko‘zni qamashtiradi, ammo tabiiy o‘simliklar deyarli yo‘q. Tabiat shaydolarini bu juda tez zeriktirib qo‘yishi mumkin. Fors ko‘rfazi sohili bo‘ylab yurar ekansiz, u yoqdayam, bu yoqdayam osmono‘par binolarga duch kelaverasiz. 

Dubayda quvurning buzilishi ham katta muammo, chunki uni tuzatadigan odamni topish qiyin. Ya’ni, bu yerda qo‘li bilan nimadir qila oladiganlar kam. 

• Dubayda metro
Velosipedingiz g‘ildiragini shishirmoqchi bo‘lsangiz, oyoq kiyimingizni tiktirishni istasangiz yoki ko‘ylak tiktirish harakatida bo‘lsangiz – to‘g‘ridan-to‘g‘ri Deyra tumaniga yo‘l olishingiz lozim. Deyra – Dubayning eng qadimiy tumanlaridan biri. 

• Kun ko‘rish
Dubayda mo‘maygina daromad topish mumkin, ammo yashash ham oson emas. Masalan, ofis-menejer 3 ming dollar atrofida maosh oladi. Dubaydan yarim soat uzoqlikdagi joydan kvartira-studiyani ijaraga olish yiliga 10 ming dollarga tushishi mumkin. Internet uchun oyiga 100 dollar to‘lashga ham tayyor turing. 

• Maoshingizning uchdan bir qismini do‘kon va restoranlarda qoldirishingizga to‘g‘ri keladi.
 Dubayda uyda ovqat tayyorlashmaydi. Faqat uyda yosh bola bo‘lsagina, unga atab nimadirlar tayyorlashlari mumkin. Ammo u ikki yoshga to‘lgach, bolani ham shaharga ovqatlangani olib chiqishadi. 

• Eng asosiy ish
Agar Dubayni yuqoridan ko‘rishni istasangiz va cho‘ntagingizda ortiqcha 70 dollar bo‘lsa, “Burj-Xalifa”ning 148-qavatiga ko‘tariling va 555 metr balandlikdan shaharni tomosha qiling. Ishonavering, qushlar ham sizga hasad qilishadi. 

Eng yaxshi maqolalar