Qishki sayohat uchun ajoyib joylar

9 November 2019

Sovuq ob-havo va shahar shovqinidan zerikdingizmi? Quyida qishki sayohatlarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan qulay maskanlar ro‘yxatini taqdim etamiz.

1. Yarimoy ko‘li, Xitoy

Yarimoy ko‘li vohasi Xitoyning Dunxuan shahri yaqinida joylashgan. U Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan Gobi cho‘llari orasidagi tiklanish va osoyishtalik Makoni hisoblanadi.

2. Maska, Tenerife, Kanar orollari

3. Maska – Tenerife orolidagi maskan. Teno tog‘laridagi yo‘llar bu qishloqqa olib boradi. Buning uchun kamida uch soat yurishingiz kerak bo‘ladi.

4. Togian arxipelagi

5. Indoneziyaning Markaziy Sulavesi provinsiyasi sohilidagi Tomini ko‘rfazida Togian arxipelagini tashkil etuvchi 56 ta orol va orolchalar mavjud. U yerda 37 ta kichik qishloq bor. Ba’zi joylarda o‘rmonlar shunchalik zichki, sohillarga faqat dengizdan kirish mumkin.

6. Spiti vodiysi, Hindiston

Spiti vodiysi Himolayning yuqori qismida joylashgan va uzoqligi tufayli Hindistonning eng kam aholi yashaydigan hududlaridan biri hisoblanadi. U yerda buddizm ibodatxonalari joylashgan.

7. Kapaa, Gavayi

Gavayining Kapaa sohillari bo‘ylab ulkan jarliklar ortida yashiringan o‘nlab sohillar mavjud. Ushbu tanho joylarga sayohatni amalga oshirish g‘oyat qiziqarli.

8. Kalavao, AQSh

9. Kalavao okrugi Qo‘shma Shtatlardagi aholi soni kamligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan hudud bo‘lib, u yerda 100ga yaqin odam istiqomat qiladi. Uning katta qismini hashamatli Kalopapa milliy bog‘i egallaydi.

10. Shondong, Vyetnam

11. Agar sizni hech kim bezovta qilishini xohlamasangiz, Shondongga boring. Bu dunyodagi eng katta g‘or bo‘lib, uning uzunligi, taxminan, besh kilometr, balandligi – 200 metr va kengligi 150 metrdan oshadi.

12. Filikudi oroli, Italiya

Filikudi – O‘rta Yer dengizidagi Lipar arxipelagiga yaqin masofadagi orol bo‘lib, Sitsiliya qirg‘oqlaridan 48 kilometr uzoqlikda joylashgan. Uning maydoni 10 kvadrat kilometrdan kam va butun hududning to‘rtdan uch qismi qo‘riqxonada joylashgan.

13. Al-Hajer, Yaman

14. Al-Hajer – Yamanning Xaraz tog‘laridagi qoyada joylashgan qishloq. XII asrda bu yerda qabriston qurilgan va hozirda u joy go‘zal shaharga aylantirilgan. Faqat jasoratli sayohatchilargina u yerga borishga qaror qilishadi, chunki tabiati juda qahrli.

15. El-Nido, Filippin

16. El Nido – bu ajoyib sohil va ajoyib ekotizimga ega dunyodagi eng go‘zal joylardan biri. U Filippindagi Palavan orolida joylashgan.

17. Uakachina, Peru

Peruning Pisko shahridagi Uakachina hududi – “Amerika vohasi” sifatida tanilgan. Mahalliy afsonaga ko‘ra, yosh ovchi cho‘milayotganda chiroyli malika paydo bo‘ladi va bir idishda suv qoldirib, bir zumda ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.

18. Paga, Nusa Tenggara, Indoneziya

Qalin o‘rmonda yashirinib, baliq ovlash uchun qulay bo‘lgan Paga qishlog‘i Indoneziyada joylashgan. Uning oq qumli sohillari shahar shovqin-suronlaridan uzoqda joylashgan.

19. Mariyeta orollari, Meksika

20. 1900-yilning boshlarida Meksika hukumati Puerto-Valyartadagi Mariyeta orollarida qurollarni sinovdan o‘tkazdi. Natijada bu ajoyib sohil bomba portlashidan hosil bo‘ldi. Unga faqat 15 metrli tunnel orqali kirishingiz mumkin.

21. Morro-de-San-Paulu, Braziliya

Morro-de-San-Paulu. Braziliyaning tinch va osoyishta qishlog‘i bo‘lib, u yerga qayiq orqali borish mumkin. Orolga mashina bilan kirish taqiqlanadi. Qishloq o‘rmon bilan qoplangan va de Taperoa kanali va Atlantika okeanining billur moviy suvlari birlashgan hududda joylashgan.

22. Oberon ko‘li, Tasmaniya orollari, Avstraliya

Tasmaniya orolidagi janubi-g‘arbiy Milliy bog‘ining tropik tog‘lari qismida ajoyib Oberon ko‘li yashiringan. U har tomondan baland jarliklar bilan o‘ralgan. Ko‘l baliqchilar tomonidan juda qadrlanadi, chunki bu haqida kam sonli sayyohlar bilishadi.

23. Amediya qishlog‘i, Kurdiston

Kurdistonning Daxuk provinsiyasida joylashgan Amediya (Al-Amadiya) qishlog‘ining rangli uylari ulkan platoning tepasida, dengiz sathidan deyarli 1220 metr balandlikda joylashgan. Siz u yerga tashrif buyursangiz mehmonxonalarda dam olishingiz mumkin. Aholisi zamonaviy mehmonxonalar qurishni amalga oshirayotganidan faxrlanishadi.

24. Badin-Jaran cho‘llari, Xitoy

Badin-Jaran cho‘lida dunyodagi eng baland qumtepa mavjud bo‘lib, balandligi 490 metrga yetadi va ularni dunyodagi eng yuqori savdo markazlari bilan taqqoslash mumkin. Badin-Jaranga tashrif buyursangiz Badan Jilin monastiriga kirib o‘tishni unutmang.

25. Karimunjava, Indoneziya

26. Karimunjava shahardan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, 27ta oroldan iborat. Faqat beshta orolda bir nechta kichik qishloq mavjud, qolganlari tabiiy bog‘lardan tashkil topgan, ularni qayiqda tomosha qilish juda maroqli.

27. Muqaddas Stepanos monastiri, Eron

Muqaddas Stepanos monastiri Eronning Julfa shahridan 16 kilometr masofada, Araks daryosi bo‘yidagi chuqur kanyonda joylashgan. IX asrda qurilgan monastr binosi hozirda YuNESKOning Jahon madaniy merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.

28. Gonolulu, Gavayi, AQSh

Halona Cove Beach – Gonoluludagi eng sokin va tanho sohillardan biridir. U yerga shahar shovqinlaridan zerikkanlar dam olish uchun tashrif buyurishlari mumkin. 

Eng yaxshi maqolalar