"Birzumlik lazzat" salati

Nomlanishi ajoyib va ko'rinishi go'zal bo'lgan ushbu salat bayram dasturxoni yoki kundalik kechki ovqat dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Tayyorlash usullari oddiy, mazasi esa butun bir lazzatlanishni taqdim etadi.

Kerakli masalliqlar :

300 gramm tovuq go'shti filesi
250 gramm lavlagi
250 gramm loviya konservasi
150 gramm marinadlangan bodring
150 gramm piyoz
Ta'bga ko'ra ko'katlar
Mayonez
Saryog' va tuz

Tayyorlash usullari :

1. Tovuq go'shti filesini 15-20 daqiqa davomida bulyon qilib, qaynating va sovuting. Go'shtni mayda shaklda to'rg'ang.

2. Lavlagini tuz solingan suvda qaynating, sovuting va somoncha shaklida to'rg'ang.

3. Piyozni tozalab, somoncha shaklda to'rg'ang. Piyozni saryog'da tilla rang tusga kirgunga qadar qovuring.

4. Marinadlangan bodringni somoncha shaklda, ko'katni esa maydalab to'rg'ang.

5. Barcha masalliqlarni birlashtiring, ta'bga ko'ra tuz soling. Mayonez bilan aralashtiring.

6. Sizga birzumlik lazzat bag'ishlovchi salat tayyor !

Yoqimli ishtaxa !