Blinchikdan tayyorlangan shokoladli tort

Ertalabki nonushta uchun ajoyib tanlov! Shuningdek, kechki ovqatdan so'ng ham nozik desert o'rnini egallashi mumkin. Tayyorlanishi oddiy bo'lgan tort dasturxon davrasida hech kimning e'tiboridan chetda qolmasligi aniq.

Kerakli masalliqlar:

1-2 stakan un
1 choy qoshiq ichimlik sodasi
0,5 stakan shakar
0,2 choy qoshiq tuz
4 osh qoshiq kakao kukuni
4-5 osh qoshiq o'simlik yog'i
2 choy qoshiq vanilin ekstrakti
1,5 stakan sut
1 stakan qaymoq
4 osh qoshiq shakar
90 gramm eritilgan sutli shokolad

Tayyorlash usuli:

1. Un, kakao kukuni, ichimlik sodasi, shakar va tuzni birlashtirib, aralashtiring.

2. Vanilin, o'simlik yog'i va sutni quying. Bir xil massa hosil bo'lgunga qadar aralashtiring.

3. Qizdirib, yog' surtilgan tovaga xamirdan 1/4 qism quying.

4. Xamirda yumaloq sharchalar hosil bo'lishi bilan blinchikni ikkinchi qismiga aylantiring.

5. Blinchiklar pishirilgandan so'ng butunlay sovuting. Qaymoq va shakarni birlashtirib, ko'pirtiring. Blinchikga qaymoqni surting. Shu ketma-ketlikda tortni yig'ing.

6. Tort ustidan eritilgan shokoladni sepgandek quyib chiqing. Hohishingizga ko'ra mevalar bilan bezating.

7. Issiq qaxva tayyorlang va blinchikli tort bilan dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaxa!