дома нескучно
Как весело и с пользой пережить самоизоляцию

Klassik lecho retsepti

2 February 2019

Lecho – yorqin ko’rinishga ega, yozda tayyorlanadigan va barcha mazali sabzavotlarni o’zida mujassam etgan yegulik hisoblanadi. Lechoni issiq non bilan yeyish, ovqatlarga qo’shimcha gazak sifatida tortish mumkin.

Kerakli masalliqlar:

3 kg shirin bulg'or qalampiri
2 kg pomidor
100 gramm shakar
2 osh qoshiq tuz
2 osh qoshiq 9% sirka
100 ml o'simlik yog'i

Tayyorlash usuli:

1. Bulg'oq qalampirini urug'laridan tozalang va yuving. So'ng, ikki qismga bo'lingan bulg'or qalampirlarini yana 4 ga bo'ling.

2. Pomidorni yuving va blenderda yoki go'sht maydalagichdan o'tkazing.

3. Pomidorga shakar, tuz va o'simlik yog'ini qo'shing. Tuzni 2 osh qoshiqda qo'shing, tuzi kam bo'lmasligi kerak.

4. Tayyorlangan pomidor sokiga to'rg'algan bulg'or qalampirlarini soling va aralashtiring. Gazga qo'ying va qaynating.

5. Past olovda 30 daqiqa davomida qaynating. Bulg'or qalampiri ezilib ketmasligi lozim. So'ng, kerakli miqdorda sirkani qo'shing va aralashtiring.

6. Sterillangan bankalarga tayyorlangan lecho salatini soling va sterillangan qopqoqlar bilan berkiting.

7. Bankalar sovugandan so'ng qishki g'amlamalaringiz saqlanadigan salqin joyga olib qo'ying.

8. Qishning sovuq kunlarida issiq non bilan ushbu lecho salatini tanovvul qilsangiz juda ham mazali bo'ladi.

Yoqimli ishtaxa!