"Konfetti" deserti

Mo'jizaviy desert ! Qaxva ta'mi bilan to'yingan nozik va mazali. Bayram dasturxoni va kundalik desert uchun ham ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa sizni lol qoldirishi turgan gap. Yaqinlaringizga lazzatlanishni taqdim etish vaqti keldi. Buni albatta sinab ko'ring !

Kerakli masalliqlar :

200 gramm shokolad
200 ml qaxva (3 choy qoshiq qaxva va 200 ml qaynoq suv)
150 gramm saryog'
150 gramm shakar
4 dona tuxum
2 choy qoshiq vanilin shakari
500-550 gramm un
3 choy qoshiq qabartma

Krem uchun :

700 gramm smetana
150 gramm shakar

Tayyorlash usullari :

1. Damlangan qaxva va shokoladni birlashtiring. Past olovga qo'ying.

2. Doim aralashtirgan holda shokoladni eriting. Sovuting.

3. Saryog'ni shakar va vanilin shakari bilan aralashtiring.

4. Tuxumni qo'shing va aralashtiring.

5. Shokolad-qaxvali massani tuxumli massa bilan birlashtiring.

6. Un va qabartmani soling va quyuq xamir qoring.

7. Xamirni teng 3 qismga bo'ling. Har bir xamir qismini yog' surtilgan qolipga solib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishiring. Natijada 3 dona korj hosil bo'lishi lozim.

8. Pishirilgan har bir korjni 2 qismga bo'lib chiqing. Desert yig'iladigan idishga korjning birini qo'ying.

9. Kremni tayyorlang. Smetana va shakarni aralashtiring.

10. Korjni krem bilan surting.

11. Ikkinchi korjni yoping.

12. Krem surting. Qolgan krem va korjlar bilan ham shu holni takrorlang. Yig'ilgan tortni 6-8 soatga muzlatgichga qo'ying.

13. Belgilangan vaqt o'tib tayyor desertni hohishingizga ko'ra bezating. Yaqinlaringiz e'tiboriga taqdim eting.

Yoqimli ishtaxa !