дома нескучно
Как весело и с пользой пережить самоизоляцию

Marinadlangan bodring retsepti

2 February 2019

Gazak uchun eng yaxshi tanlov bu albatta marinadlangan bodringdir. Shuningdek, quyuq taomlar uchun ham qo'shimcha sifatida dasturxonga tortilsa, dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'lishi turgan gap.

Kerakli masalliqlar:

3 kg bodring
1 bog' ukrop ko'kati
9 dona sarimsoq donachasi
1,5 osh qoshiq quritilgan ko'katlar jamlanmasi
1 osh qoshiq qora qalampir
Marinad uchun:
6,5 l suv
6 osh qoshiq shakar
2,5 osh qoshiq tuz
3/4 stakan sirka (uksus)

Tayyorlash usuli:

1. Jarayonni boshlashdan oldin, bodringni yaxshilab yuving, kerak bo'lgan joylarini kesib oling va 2-4 soat sovuq suvga uyuting. Sovuq suvda uyugan bodring yanada qarsildoq bo'ladi va sovuq suv ortiqcha, zararli gazlardan xalos etadi.

2. Har bir tayyorlangan, sterillangan bankaga 3 dona sarimsoq donachasi va quritilgan ko'katlardan va qora qalampirdan soling.

3. Yuvilgan ukrop shoxchalaridan soling.

4. Idishlarni bodring bilan to'ldiring. Hohishingizga qarab bodringlarni 3-4 qismga bo'lishingiz mumkin.

5. Bodring uchun marinadni tayyorlang. Buning uchun : kastryulkaga suv quying, shakar, tuz soling. Doim aralashtirgan holda qaynating. Qaynab shakar erishi bilanoq olovdan oling va sirka qo'shing.

6. Ehtiyotkorlik bilan issiq marinadni oz-ozdan bankalarga quying.

7. Bankalarni sterillangan qopqoqlar bilan berkiting. Salqin joyga qopqoqlarini pastga qilgan holda terib chiqing. Keyingi kun sovugan bankalarni qishki g'amlamalaringiz saqlanadigan joyga terib qo'ying.

8. Mavsum mobaynida marinadlangan bodring gazakini oz qismlarda, tez-tez tayyorlang.

Yoqimli ishtaxa!