"Nozikkina nok" salati

Nomlanishi noan'anaviy bo'lgan ushbu salat bayram dasturxoni va kechki ovqat dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy va tayyorlash uchun barcha masalliqlar mavjud. Mazali va vitaminlarga boy bo'lgan ushbu salat barcha uchun manzur bo'lishi turgan gap. Buni albatta sinab ko'ring !

Kerakli masalliqlar :

200 gramm pishloq (pishloq turini hohishingizga ko'ra tanlang)
300 gramm nok
Rukola salat bargi (boshqa salat bargidan foydalanish ham mumkin)

Sous uchun :

50 ml o'simlik yog'i
1/2 apelsin
1 osh qoshiq xantal pastasi (gorchitsa)
1 osh qoshiq asal
Tuz

Tayyorlash usullari :

1. Pishloq va nokni katta bo'lmagan bo'laklarda, yupqa, parrak shaklida kesing.

2. Apelsin sharbatini chiqaring (100 ml). Chiqarilgan apelsin sharbati bilan o'simlik yog'ini birlashtiring.

3. Apelsin sharbati aralashmasiga xantal pastasi, asal va tuz qo'shing. Aralashtiring.

4. Salat tayyorlanadigan idishga rukolla salat bargini soling.

5. Salat bargi ustidan nok va pishloq bo'laklarini terib chiqing.

6. Tayyorlangan sousdan soling. Birzumda mazali salat tayyor !

Yoqimli ishtaxa !