Olmali quymoq

Quymoq - barcha uchun sevimli nonushta. Taqdim etiladigan quymoq retsepti esa siz va yaqinlaringiz uchun juda ham sevimli nonushta bo'la oladi. Ushbu retseptni bir bor tayyorlashingiz bilan takror va takror tayyorlashga odatlanasiz. Mazali, oddiy va tez tayyorlanadi.

Kerakli masalliqlar:

3-4 dona olma
3 osh qoshiq shakar
Vanilin
Bir chimdim ichimlik sodasi va tuz
2 dona tuxum
Kerakli miqdorda un
Qovurish uchun o'simlik yog'i

Tayyorlash usuli:

1. Olmalarni yuving.

2. Olma po'stini ajrating, tozalang. Qirg'ichning katta tomonidan chiqaring va shakar, tuxum bilan aralashtiring. Vanilin, ichimlik sodasi va unni soling.

3. Unni oz-ozdan quyuq smetana kabi xamir tayyor bo'lguncha aralashtiring. Tovada o'simlik yog'ini o'rta olovda qizdiring. 1 osh qoshiqdan xamirni soling va har tomonlama yaxshilab pishiring.

4. Nozik va mazali quymoqlarni shakar kukuni bilan seping. Issiq choy bilan quymoqlarni dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaxa!