Olmali zefir

Yaqinlaringizni lol qoldirishni hohlaysizmi? U holda uy sharoitida olmali zefirni tayyorlashning ayni vaqti. Bu hech ham qiyin emas. Tayyorlangan zefirlar juda ham nozik va natijasi sizni hursand qilishi turgan gap.

Kerakli masalliqlar:

250 gramm olma pyuresi
250+475 gramm shakar
1 dona tuxum oqi
8 gramm agar-agar
160 gramm suv
1 choy qoshiq vanilin shakari
Ta'bga ko'ra shakar kukuni

Tayyorlash usuli:

1. Birinchi navbatda olmali pyureni tayyorlang. Buning uchun olmalarni gaz pechida pishiring, tozalang va pyurelang. 250 gramm shakar va vanilin shakarini solib, aralashtiring. Sovuting. Bordiyu siz tayyor holdagi olma pyuresidan foydalansangiz u holda shakarni ta'bga ko'ra soling.

2. Agar-agarni uyuting va olovga qo'ying. Qaynash darajasiga olib boring, erishi lozim. 475 gramm shakarni soling, yaxshilab aralashtiring. Siropni o'rta olovda, qoshiqni tepaga tortganda shakar ipdek cho'ziluvchi massa hosil bo'lgunga qadar tayyorlang. So'ng, sovuting.

3. Olma pyuresiga tuxum oqini yarim qismini qo'shing.

4. Mikser yordamida rangi ocharguncha ko'pirtiring. So'ng, qolgan tuxum oqini soling va ko'pirtirishda davom eting. Yengil massa hosil bo'lguncha.

5. Ko'pirtirishni to'xtatmagan holda iliq siropni nozik oqimda quying.

6. Oppoq va yengil massa hosil bo'lgunga qadar ko'pirtiring.

7. Pergament qog'ozi yozilgan pishirish qolipiga, konditer qopchasiga solingan massadan zefirlarni chiqaring. Ushbu retseptda ko'pgina zefir tayyorlanadi. Shuning uchun avval zefir tayyorlanadigan idishlarni tayyorlab oling. Bu bosqichni tezlik bilan bajaring.

8. Tayyorlangan zefirlarni bir sutkaga xona haroratida qoldiring. So'ng, shakar kukunidan seping. Hohishingizga ko'ra nozik va yopishqoq zefirlarni ikki donasini bir-biri bilan yopishtirib chiqing.

9. Zefirlarning yarim qismini eritilgan shokolad bilan bezashingiz ham mumkin.

10. Pardek nozik va mazali zefirlarni issiq choy bilan dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaxa!