"Qirol" salati

Mazali va tayyorlanishi oddiy bo'lgan ushbu salat nafaqat mazaliligi bilan balki, vitaminlarga boyligi bilan boshqa salatlardan ajralib turadi. Kundalik meyuga o'zgartirish kiritishni hohlaysizmi u holda albatta ushbu salatni tayyorlang va yaqinlaringizga lazzatlanish baxtini ulashing.

Kerakli masalliqlar :

200 gramm Romen salat bargi
50-70 gramm parmezan pishlog'i
100 gramm baton noni
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
2 dona sarimsoq donachasi

Sous uchun :

1 dona tuxum
1 choy qoshiq xantal pastasi (gorchitsa)
1 osh qoshiq limon sharbati
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 choy qoshiq vuster sousi
Ta'bga ko'ra tuz va murch

Tayyorlash usullari :

1. O'simlik yog'iga maydalangan sarimsoqni qo'shing va 20 daqiqaga chetga olib qo'ying.

2. Baton nonining ustki qismini kesib oling. Baton nonining ichki oppoq qismini mayda to'rtburchak holda kesing.

3. Sarimsoq qo'shilgan o'simlik yog'ini tovaga quying. Maydalangan baton noni bo'laklarini soling.

4. Baton noni bo'laklarini o'rta olovda qizargunga qadar qovuring. So'ng, tovaning o'zida sovuting.

5. Bu vaqt mobaynida sous tayyorlang. Buning uchun : Katta bo'lmagan kastryulkada suv qaynating.

6. Qaynab turgan suvga tuxumni soling va darhol olovdan oling. Tuxumni 1 daqiqa davomida qaynoq suvda ushlab turing so'ng, tuxumni 15 daqiqa davomida sovuting.

7. Tuxumni chuqur idishga soling. Tuxumga xantal va limon sharbatini birlashtiring.

8. Birlashtirilgan masalliqlarni blender yordamida ko'pirtiring va o'simlik yog'ini qo'shing.

9. Ko'pirtirilgan tuxum aralashmasiga vuster sousi, tuz, murchni qo'shing va bir xil konsistensiya hosil bo'lgunga qadar aralashtiring.

10. Parmezan pishlog'ini qirg'ichning katta tomonidan chiqaring.

11. Salat barglarini qo'lingiz bilan katta bo'lmagan bo'laklarga bo'ling. Tayyorlangan salat barglariga sousdan qo'shing va aralashtiring.

12. Salat barglariga qovurilgan baton nonini qo'shing, aralashtiring va salat tayyorlanadigan laganga soling.

13. Qirg'ichdan o'tkazilgan parmezan pishlog'ini salat ustidan seping. Darhol dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaxa !

Ushbu salatga qo'shimcha qilib tovuq go'shtidan ham foydalanish mumkin. U holda ushbu salat yanada mazali bo'lishi turgan gap.