"Ranggorang" salat

Nomlanishi noan'anaviy va vitaminlarga boy bo'lgan ushbu salat tayyorlanishi oddiy, tayyorlash uchun barcha masalliqlar mavjud. Mazali, vitaminlarga boy ushbu salat kechki ovqat yoki bayram dasturxonida barcha uchun manzur bo'lishi turgan gap.

Kerakli masalliqlar :

240 gramm qisqichbaqa tayoqchasi
340 gramm makkajo'xori konservasi
3 dona tuxum
150 gramm piyoz
Mayonez

Tayyorlash usullari :

1. Piyozni tozalang va mayda to'rtburchak shaklda to'rg'ang. Piyozni 10 daqiqaga qaynoq suvda uyuting. So'ng, sovuq suvda yuving. Bu piyoz achchig'idan xalos bo'lish uchun.

2. Qisqichbaqa tayoqchalarini mayda shaklda to'r'gang.

3. Qaynatilgan tuxumni qirg'ichning katta tomonidan chiqaring.

4. Tayyorlangan masalliqlarni birlashtiring, ta'bga ko'ra tuz soling. Makkajo'xori konservasini soling.

5. Mayonez solib, aralashtiring. Birzumda rangorang, mazali salat tayyor ! Darhol dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaxa !