дома нескучно
Как весело и с пользой пережить самоизоляцию

Sabzavotlar bilan tayyorlangan tovuqli pirog

2 February 2019

Uy sharoitida tayyorlangan ushbu pirog o'zida sabzavotlarning mazali qirralarini aks ettiradi. Go'sht va sabzavotlar bir-biri bilan kirishib nafaqat ajoyib ta'mni balki, butunlay lazzatlanish zavqini sizga taqdim etadi. Ushbu pirogni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

50-80 gramm sariyog 'yoki margarin
1 dona piyoz
70-80 gramm un
1/2 choy qoshiq tuz
1/4 choy qoshiq murch
300 ml tovuq go'shti bulyoni
1/2 stakan sut
600 gramm qaynatilgan tovuq go'shti
400 gramm muzlatilgan sabzavotlar
xamirturushda tayyorlangan xamir

Tayyorlash usuli:

1. Katta tovada o'rta olovda saryog'ni eriting va mayda to'rg'algan piyozni 2-3 daqiqa mobaynida qovuring.

2. So'ng, un, tuz va murch qo'shib, bir xil massa hosil bo'lguncha aralashtiring.

3. Extiyotkorlik bilan sut va bulyonni qo'shib, aralashtiring. Massa qo'yiqlashgunga qadar tayyorlang.

4. Qaynatilgan tovuq go'shtini maydalab, tayyorlangan massaga qo'shing.

5. So'ng, sabzavotlarni qo'shib, aralashtiring. 1 daqiqadan so'ng olovdan oling.

6. Gaz pechini 200 darajada qizdiring. Pirog uchun tayyorlangan xamirni 2 qismga bo'ling va yoying. Maxsus, yumaloq shakldagi pishirish qolipiga xamirning bir qismini soling.

7. Xamir ustiga tayyorlangan nachinkani sovutib, soling.

8. Xamirning ikkinchi qismini qolip ustiga yoping va chetlarini yopishtirib, ustida bir necha kesiqlar qiling.

9. Tayyor pirogni 30-40 daqiqa mobaynida qizdirilgan gaz pechida pishiring. Usti qizarib jigarrang tusga kirgunga qadar.

10. Mazali pirogni dasturxonga tortishdan avval 5-10 daqiqa dam bering. Ushbu pirog kechki ovqat dasturxonidan o'zining yorqin o'rnini egallaydi.

Yoqimli ishtaxa!