дома нескучно
Как весело и с пользой пережить самоизоляцию

Taom "Dengiz mo'jizasi"

2 February 2019

Dengiz mahsulotlaridan biri qisqichbaqalar (krevetka) bayram stolida har doim turli-tuman tayyorlanish turlari bilan o'z o'rnini egallagan. Bugungi kunda men sizga sarimsoq bilan soya sousida qizartirilgan qisqichbaqalarni tayyorlashni tavsiya qilaman. Dengiz mahsulotlarida organizm uchun juda ko'p foydali moddalar mavjud: yod, minerallar va omega-3. Bularning barchasi faqat eng foydali mahsulotlar hisoblanib, ular qisqichbaqada mavjuddir. Bundan tashqari, bu juda mazali taom.

Kerakli masalliqlar:

400 gramm Atlantika qisqichbaqasi (krevetka)
200 ml soya sousi
2 osh qoshiq o'simlik yog 'i
1 bosh sarimsoq
Ta'bga ko'ra ko'katlar

Tayyorlash usuli:

1. Agar, qisqichbaqalar muzlatilgan bo'lsa, u holda eriting. Tozalab yuving va quriting. Tovada o'simlik yog'ini qizdiring va 1 daqiqa davomida qisqichbaqalarning hamma tomonlarini qovuring.

2. Qovurilayotgan qisqichbaqalarga chamasi 1 osh qoshiq soya sousidan qo'shing. Qisqichbaqalar soya sousini so'rib olgunga qadar ularni qovurishda davom eting.

3. Tozalangan sarimsoq donachalarini qo'shing va baland olovda sarimsoq ifori tarqalgunga qadar yana 1 daqiqa qovuring.

4. Qisqichbaqalarni laganga suzing, ustidan mayda to'rg'algan ko'katni seping. Shuning bilan qisqichbaqalar tayyor!

Yoqimli ishtaxa!