Turkcha somsa

Bizning o’zbek xalqi ozining bir necha milliy taomlariga ega. Osh, manti, yupqa, shashlik, mastava, moshkichiri kabi. Bular qatoriga somsa ham kiradi albatta. Ayniqsa qat qat chiqadigan somsa hammaning jonu dili. Bugun biz sizga biroz boshqacharoq, lekin tez va oson tayyor boladigan mazali turkcha somsani taqdim etmoqchimiz. Albatta ko’pchilik bu somsa bilan tanish. Biz esa batafsil retseptni taqdim etamiz!

Kerakli masalliqlar:

500 gr margarin
yarim piyola salat yog’i
1 kg un
1 choy qoshiq qabartma, tuz
400 gr yog’siz qiyma
4-5 dona kartoshka
4 dona piyoz
2 dona tuxum
oq kunjut

Tayyorlash usuli:

1. Birinchi navbatda xamirni tayyorlang. Margarinni eriting. Eritilgan margarin miqdori 1 kosa bo'lsa, 0,5 piyola o'simlik yog'i qo'shing.

2. Eritilgan yog’ ustiga 1 piyola un va qabartma, tuzni solib, ketidan sekin-sekin 6 piyola unni solib qo’lga yopishmaydigan yumshoq xamir qoring. Xamir qo’lga yana yopishsa qolingizda un olib yana biroz sepib yopishmaydigan holga keltiring. Xamir ozgina tursa yog’i chiqib ketadi. Yog’ini ichiga kirgizib 2 soatga muzlatgichga qo’ying.

3. Bu vaqt mobaynida qiymani tayyorlang: kartoshkani qirg’ichning katta tomonidan chiqarib, suvini siqib oling. Piyozni mayda qilib to’rg'ang. Qiymani ustiga piyoz, kartoshka, qiyma, 2ta tuxum va tuz, ziravorlar solib, aralashtiring. Uzunchoq shakllar yasab, unga bulg’ab qizartirib qovuring.

4. Muzlatgichdagi xamirni olib tekis joyga un bilan yoying. Yarim sm qalinlikda yoyish kerak. 2 sm qalinlikda varaqi kesadigan burandada uzun tasmalar kesib chiqing. Tasma ustiga qiymani qo’yib o’rab chiqing. Ustiga tuxum surib, oq kunjut seping. 200 darajada qizdirilgan gaz pechida ustki qismi qizarganidan keyin 180°C da 40-45 daqiqa davomida pishirib oling.

5. Pishib chiqqan mazali somsalarni 5 daqiqa sovuting va darhol dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaxa!