Yoqimli ifor «umri»ni uzaytiramiz!

Atir sepgandan so’ng ifori uzoqroq saplanishini istaysizmi? Buning uchun oddiy qoidalarni bilib olsangiz bo’lgani. 

Mazkur nuqtalar qom tomirlarining teri qatlamiga yuza joylashgan qismlarida bo’ladi. Bilakning ichki qismi, quloq orti, bo’yinning soch bilan tutashgan qismi – bu nuqtalar ifor ta’sirini uzoqroq saqlab qolishga ko’maklashadi. Agar bir vaqtning o’zida bilak va quloq ortiga yoki bilak va bo’yinga sepsangiz, ifor xidi yanada o’tkirlashadi. 

Har qanday qimmat atir ifori quruq tanada uzoq saqlanmaydi. Shu bois pardoz ustalari dush qabul qilgach, nam badanga ifor surtishni tavsiya etadilar. 
Sezgi nuqtalariga namlantiruvchi yuz yoki qo’l kremidan ozroq surtib, so’ng ustidan atir seping. Shunda hidi chidamli bo’ladi. 
Krem o’rniga vazelindan ham foydalanish mumkin. Tarkibidagi yog’ miqdori teriga singib, yuzasida qolgani yoqimli ifor taratadi.
Ifor ta’sirini kamaytiruvchi yana bir omil yorug’lik nuridir. Agar pardoz vositalarini qorong’u va quruq joyda saqlasangiz muammo yo’q.