Abulxayrxon davlatida norozilikning boshlanishi

Siyosiy sababga siyosiy-huquq tizimining layoqatsizligi koʻrsatiladi (jamiyatda Ulugʻ Ulusning imperiya an’analariga asoslangan regulyativ vazifani normal bajara oladigan).

XIV asr ikkinchi yarmi – XV asr birinchi yarmi davomida iqtisodiy baza anchadan beri mavjud boʻlmasa-da, hokimiyatda boʻlgan barcha siyosiy guruhlar amalda iloji boricha kuchli xon hokimiyati asosida markazlashgan byurokratik davlat tuzishga intildilar. Aynan shu sababli Abulxayrxon aholisi oʻzining hukmdoridan norozi boʻlib, uning raqibini faol qoʻllab quvvatlaydilar.

https://pixabay.com/ru/photos/%D0%BC%D0%B0%D1%82-%D1%88%D0%B0%D1%85%D0%BC%D0%B0%D1%82%D1%8B-%D0%BE%D1%82%D1%81%D1%82%D0%B0%D0%B2%D0%BA%D0%B0-%D0%BA%D0%BE%D0%BD%D1%84%D0%BB%D0%B8%D0%BA%D1%82-1511866/
https://pixabay.com/ru/photos/%D0%BC%D0%B0%D1%82-%D1%88%D0%B0%D1%85%D0%BC%D0%B0%D1%82%D1%8B-%D0%BE%D1%82%D1%81%D1%82%D0%B0%D0%B2%D0%BA%D0%B0-%D0%BA%D0%BE%D0%BD%D1%84%D0%BB%D0%B8%D0%BA%D1%82-1511866/

Iqtisodiy sabablar umuman olganda Yevroosiyoning iqtisodiy markazi boʻlgan Нижнего Поволжья (Quyi Volga)ning qulashiga bogʻlangandir. Dasht zonalarida namgarchilik sekin-asta oʻsishi XIV – XV asrlarda sekinlashib qoladi, lekin koʻchmanchi aholining notekis oqimi Ulugʻ Ulus gʻarbidan sharqqa hozirgi zamonaviy Qozogʻiston hududiga olib keladi. Shu vaqtda xalqaro savdo tranzit yoʻli roli pasayadi. Birinchidan tezlik bilan rivojlanayotgan yevropa davlatlari Xitoy va Hindiston bilan dengiz orqali savdo qiladigan boʻlishadi. Ikkinchidan, Usmoniylar imperiyasining yuksalishi Ulugʻ Ulusning asosiy savdo hamkori va Yevropa bilan savdo munosabatlarida vositachisi hisoblangan Genuya respublikasining siyosiy va iqtisodiy qulashiga olib keldi.

Qozoq xonligi shakllanishida kompleks sabablar ichida asosiy oʻrinni etnik jarayonlar egallaydi. XIV – XV asrlarda qipchoq etnosi inqiroz davrini boshidan oʻtkazadi.

Xususan, M.X. Abuseitovaning “XVI asr ikkinchi yarmida Qozoqligi” asarida keltirilishicha, XV – XVI asrlarda qozoq xalqining tashkil topishi va rus markazlashgan davlatining mustahkamlanishi natijasida bevosita qozoq-rus aloqalari paydo boʻla boshlaydi. Rossiya hukumati oʻsha davrdayoq qozoq xalqi bilan qiziqar, u haqda turli ma’lumotlar toʻplar edi, qaysiki ular Moskva buyruqlarida aks etar va podsho devonxonasida saqlanar edi. Misol uchun, shoh arxivining 1574–1584 yillardagi roʻyxatida “Qosim podsho davridagi kazak (qozoqlar)lar” kitobi va roʻyxati 38-qutida saqlanganligi koʻrsatilgan. Oʻtkir Aliyevning Qozogʻiston tarixi kitobida Qozogʻistonning XIV XVII asrlardagi tarixi batafsil bayon etib beriladi. Xususan, kitobning 26-betida yozilishicha, XIV-XV asrlarda Qozogʻiston hududi Chingizxon imperiyasi tarkibiga kirgandan soʻng ulugʻ xon barcha yerlarning yagona egasi deb ataldi. XIV asrda Oltin Oʻrda, Oq Oʻrda, Abulxayrxon xonligida va Temuriylar davrida yerni shartli turda mukofot tarzida berish “sayirgʻal” deyilgan. Demak, qozoqlarda ham yer egaligining oʻziga xos jihatlari mavjud boʻlgan ekan.

M.S.Tursunovaning “XIX asr ikkinchi yarmida Manqishloq qozoqlari” asari ham ushbu davrni yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur adabiyot XIX asrda Mangʻishloqda yashagan qozoq xalqining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti haqida ma’lumot beradi. Unda yozilishicha, Mangʻishloqdagi qozoqlar 1822-yilda Xiva xonligiga boʻysunganlar. 1830-1840-yillarda Maya Anetev va mulla Kalbiy Karimkulov 10 ta biy yordamida qozoqlarni boshqargan.

Umuman olganda, Qozoq xonligi tarixiga bagʻishlangan asarlarda qozoq xonlari Kereyxondan to Abilayxongacha boʻlgan davrda qozoq xonligining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti haqida ma’lumotlar keltiriladi. Shuningdek, XV-XVII asrlarda qozoq aholisi ichida tabiat kuchlariga sigʻinish kuchli boʻlganligi, qozoqlarning yerga va suvga sigʻinganligi haqida ham bilib olish mumkin.

Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishi natijasida qozoq xalqining ham hayot tarzi oʻzgardi. Qozoq xonligiga barham berilib, imperiya hukmronligi oʻrnatildi. Mazkur davrda qozoq xalqi tarixiga bagʻishlangan bir qancha ilmiy adabiyotlar yaratildi. Sovet davrida ham mazkur masalaga oid tadqiqot ishlari qilingan. B.S.Suleymanev, V.Ya. Basinlarning “Qozogʻiston Rossiya tarkibida (XVIII asr boshi XIX asr)” asari ushbu davrni yoritishda muhim adabiyotlardan biri hisoblanadi. Mazkur adabiyot XVIII asr boshidan oktabr inqilobigacha boʻlgan davrda Qozogʻiston xalqining ahvoli haqida ma’lumot beradi. A.B.Tursunbayevning “Qozogʻiston 1905 – 1907 yillarda” asarida Qozogʻistonning revolyutsiya davridagi ahvoli, ishtiroki, undan keyingi vaziyat haqida yoritilgan. Bundan tashqari, qozoqlarning XIX asr oxiri – XX asr boshlarida koʻchmanchi xalq sifatida u hududdan bu hududga koʻchib yurganligi, Rossiya imperiyasi tarkibida qanday hayot kechirganligi, shuningdek, qozoqlarning ijtimoiy-siyosiy hayotini yoritib beruvchi S.Tolibekovning “XIX – XX asr boshlarida qozoqlarning turmush tarzi” asari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Asarni tanqidiy jihatdan oʻrganish tavsiya etiladi.