Kerey va Jonibekxon

Oʻtgan safar yozganlarimizda xonlikning paydo boʻlishi haqidagi dastlabki voqelarni yozgan edik. Endi davom ettiramiz. Otepova Abulxayrxon davlatining qulashiga va Jonibek hamda Kereyxonlarning kuchayishiga asosiy sabab qilib iqtisodiy beqarorlikni sabab qilib koʻrsatgan. Qanaqasiga iqtisodiy ogʻir sharoitda hukmdorga oppozitsiya tashkil qilish mumkin?

https://pixabay.com/ru/photos/%D0%B7%D0%BD%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D0%B9-%D0%BA%D0%BD%D0%B8%D0%B3%D0%B8-%D0%B1%D0%B8%D0%B1%D0%BB%D0%B8%D0%BE%D1%82%D0%B5%D0%BA%D0%B8-%D0%BE%D1%87%D0%BA%D0%B8-1052013/
https://pixabay.com/ru/photos/%D0%B7%D0%BD%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D0%B9-%D0%BA%D0%BD%D0%B8%D0%B3%D0%B8-%D0%B1%D0%B8%D0%B1%D0%BB%D0%B8%D0%BE%D1%82%D0%B5%D0%BA%D0%B8-%D0%BE%D1%87%D0%BA%D0%B8-1052013/

Ular hatto Abulxayrxondan doim qochib yurganlar va natijada ularni hatto potensial oppozitsiya deb ham hisoblash maqsadga muvofiq emasdir. Mazkur muallif Qozoq xonligini shakllanishini murakkab va uzoq davom etgan ikki bosqichga boʻlgan:

Kerey va Jonibekning oʻziga qarindosh boʻlgan qabila va urugʻlar bilan Yettisuvning gʻarbiy tarafiga koʻchishi va
Dashti-Qipchoqqa koʻchishi va Abulxayrxon avlodlari bilan hokimiyat uchun kurash.

Otepova mazkur maqolasida Qozoq xonligining shakllanish vaqti va joyiga nisbatan ayrim tarixchilarning va tadqiqotchilarning fikrlari tahlilini beradi. Mazkur muammo boʻyicha bir qancha nuqtayi nazarlarni taqdim etadi. K. A. Akishevning fikrini keltirib oʻtib, oʻzbek va qozoq davlatchiligining boshlanishini 1428-yilda Abulxayrxon xonligining shakllanishi bilan boshlanadi deb aytadi. Tarixda nisbatan keng tarqalgan nuqatayi nazar sifatida M. Tinishpayev va M. Magauninlarning fikrlarini aytib oʻtib, Qozoq xonligining shakllanishini 1456-yil deb berish kerak deb aytib, Jonibek va Kereylarning Gʻarbiy Yettisuv hududiga koʻchishi bilan bogʻlash kerak deb aytiladi. Tarixchi T. I. Sultanovning fikricha Jonibek va Kereyxonning tarafdorlari Qozoq xonligiga Abulxayrxonning oʻlimidan keyin, Yettisuvdan Dashti-Qipchoq hududiga qaytib kelishgandan soʻng asos solishgan boʻlib, bu davr 1470-1471-yillarni oʻz ichiga oladi. Rossiyalik tadqiqotchi olim A. P. Chuloshnikovning fikricha, XX asrning 50-60 – yillarida koʻplab tadqiqotchilar, Qozoq xonligining tashkil topishini XVI asr boshlarida Muhammad Shayboniy va uning tarafdorlari Qozogʻiston hududidan Oʻrta Osiyo hududiga ketganlaridan soʻng deb hisoblaydilar. Qozogʻiston oʻrta asr tadqiqotchisi K. A. Pishulina Muhammad Haydar Dulati aytgan muddat bilan belgilaydi. Qozoq xonligining paydo boʻlishi yuzasidan yagona sana tarixiy manbalarda mavjud boʻlgan Muhammad Haydar Dulatining “Tarixi Rashidiy” asarida mavjud hisoblanadi. Bu masalada uning sanasi mazkur asarga koʻra 1465-1466- yillarga toʻgʻri keladi. Ushbu manbaga asoslanib 2015-yilda Qozoq xonligining paydo boʻlganligining 550-yilligi e’lon qilingan. XV-XVI asrlar tarixiy manbalari bevosita va bilvosita “Tarixi Rashidiy” dagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi va uni Sharqiy Dashti-Qipchoqda emas balki, Gʻarbiy Yettisuv hududida (Chu va Talas vodiylarida) asos solingan deydi. Shuni ta’kidlash kerakki, “Qozogʻiston” atamasi ilk marta oʻrta asr manbalarida Zayniddin Vosifiyning asarida keltiriladi. Umuman olganda mazkur tadqiqotchi 1465-yilda Gʻarbiy Yettisuv hududida Qozoq xonligini Jonibek va Kereyxonlar asos solishgan deydi.

Amanjol Kuzembayuli va A. Erkinlarning “Qozogʻiston tarixi” (2006) kitobida Qozoq xonligining paydo boʻlish sabablari koʻrsatilib oʻtiladi. XV asrning 50-yillarida Abulxayrxon davlati siyosiy tizimida inqirozli holatning yuzaga kelishi nafaqat qabila va urugʻ boshliqlari, balki aholining katta qismida ham oppozitsion holatni yuzaga chiqazdi.

“1457-yilda boʻlib oʻtgan oyratlar bilan urushdagi magʻlubiyat xonning asosiy vazifalaridan biri boʻlgan mamlakatni tashqi agressiyadan samarador himoyani tashkil qilish borasida layoqatsizligini koʻrsatdi. Bu magʻlubiyat oqibatida sulton Kerey va Jonibeklar isyon koʻtaradilar va shimoliy-gʻarbiy Moʻgʻuliston hududidagi Shu va Kozibasi rayonlariga koʻchib ketadilar” deb aytadi mualliflar.

Mualliflarning bu fikriga toʻliq qoʻshilib boʻlmaydi, chunki tarixda bunday holatlar, magʻlubiyatlar boʻlib turadigan jarayon hisoblanadi, shu jihatdan Qozoq xonligining tashkil topishida bu magʻlubiyatni boshlangʻich nuqta qilib olish mantiqqa zid. Ularning quyidagi fikri nisbatan haqiqatga yaqinroq “1468-yilning oxirida Abulxayrxonning oʻlimi davlatda siyosiy inqirozning kuchayishiga olib keldi. Manbalar uning vorisi oʻgʻli Shayx-Haydar boʻlganligini aytadi, lekin 1469-yil oxiri 1470-yil boshlarida Shayx-Haydar tarafdorlari yoʻq qilingan, xon oʻzi oʻldirilgan, uning mulklari uch qismga boʻlinib ketgan. Gʻarbiy Yettisuv, Markaziy Qozogʻiston, Sirdaryoning oʻrta oqimlari Jonibek va Kereylarning qoʻl ostiga oʻtadi.Bu tuzilish Qozoq xonligi nomini oladi. Gʻarbiy Qozogʻistonda mangʻit biylari mustahkamlanib olishib, ular tomonidan boshqarilgan davlat Mangʻit Yurti yoki Nogʻay oʻrdasi nomi bilan mashxur boʻlgan. Shimoliy Qozogʻiston va gʻarbiy Sibir shayboniy Ibrohim boshqaruvidagi Sibir xonligi tarkibiga kirgan.”

Mualliflar Qozoq xonligining tuzulishi haqida soʻz yuritib, yangi davlatning dunyo xaritasida paydo boʻlishiga olib kelgan bir vaqtda yuzaga kelgan butunboshli kompleks siyosiy, iqtisodiy va etnik sabablarni koʻrsatishadi. Shu joyga kelganida maqolamiz o'z yakuniga yetadi.